Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari bir vaqtda universitet ta’limini ham oladi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari bir vaqtda universitet ta’limini ham oladi

2025 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashda yangi tizim – «maktab – texnikum (lisey) – universitet» tamoyili amaliyotga joriy etiladi. Bu orqali ta’lim jarayonida xalqaro mutaxassislar ham faol ishtirok etadi.

O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlashning yangi tizimi – «maktab – texnikum (lisey) – universitet» tamoyili amalga joriy etiladi. Ushbu tizim asosida o‘quvchilarni bosqichma-bosqich, uzluksiz va kasbiy tayyorlash maqsad qilingan.

Qarorga muvofiq, ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professorlar va xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladi. Bu esa o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish imkonini beradi.

Joriy yil 1 sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari Universitetga biriktiriladi. Universitet har oyda 7–9-sinf o‘quvchilari uchun ular qiziqadigan sohalar bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu mashg‘ulotlar bevosita universitet laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

Universitet, shuningdek, o‘quvchilarning laboratoriyalarga xavfsiz va tizimli tashrifini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi. Ushbu yangilik ta’lim tizimida nazariya va amaliyotni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 16:55 02.07.2025. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!