Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda “lanka” o‘yini rivojlantiriladi

A A A
O‘zbekistonda “lanka” o‘yini rivojlantiriladi

“Qarabtep” (lanka) xalq o‘yinini ommalashtirish uchun federasiya ham tashkil qilinadi. “Tepki”lar esa o‘zbek brendi sifatida jahonga targ‘ib qilinadi.

Turizm va sport vazirligida iyun-iyul oylarida O‘zbekistonda “Qarabtep” (“lanka”) xalq o‘yini musobaqalarini o‘tkazish muhokama qilindi. Davra suhbatiga raislik qilgan O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi raisi Norquli Yusupov iyun-iyul oylarida “Qarabtep” xalq o‘yini musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etishda hamkor tashkilotlarni amaliy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Uchrashuvda bir qancha shakllardagi “Qarabtep” o‘yinining asosiy ish quroli – “tepki”lar ham ko‘rsatildi. Unda soha mutaxassislari mahalliy aholi tomonidan yaratilgan “tepki”ga yuqori baho berib, uni ommalashtirish va “o‘zbek brendi” sifatida dunyoga keng targ‘ib qilish borasida o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Davra suhbatida ushbu xalq o‘yini sport federasiyasini tashkil etishga qaror qilindi. “Bundan ko‘zlangan maqsad, “Qarabtep”ni oddiy xalq o‘yini emas, balki sport turi sifatida yanada ommalashtirish va albatta yaqin kelajakda jahonga olib chiqishdan iborat”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 14:48 07.06.2021. O'qildi: 11020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!