O‘zbekistonda davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun bilan 2025 yilda ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi. Ushbu stavkalar 2024 yildagiga nisbatan 10—12,7 foizga oshdi.
Turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilandi (1 kvadrat metr uchun oyiga):
Noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilandi (1 kvadrat metr uchun oyiga):
Engil avtomobilni ijaraga berishning eng kam stavkasi oyiga 858 ming so‘m (780 ming so‘m edi), mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobili uchun 1 mln 705 ming so‘m (1 mln 550 ming so‘m edi) etib belgilandi.
Ushbu stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi hamda ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.