Bugun 2 aprel, 2020 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus tashxisi bilan davolanayotgan bemorlarning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi.

«Koronavirus bilan og‘riganlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanmoqda. Ularning salomatlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.

Hozirgi paytda jami 60 nafar bemorning 13 nafarida koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan pnevmoniya (zotiljam — o‘pka yallig‘lanishi)belgilari paydo bo‘lgan, tashxis rentgen tekshiruvi yordamida tasdiqlangan. Mana shu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovchi mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda. Ammo unutmasligimiz kerakki, tibbiyotda og‘ir va o‘ta og‘ir holat keskin farq qiladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda  Kun.uz muxbiri.

Mutaxassis buyrak transplantasiyasi qilingan bemorlarning koronavirusga chalinish ehtimoli qay darajada bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytardi.

«Nafaqat buyrak transplantasiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shaxslar, balki boshqa surunkali somatik kasalliklarga chalingan aholi ham xavfli guruhga kiradi. Demak, biz ularni kasallanib qolishdan himoya qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikka erta tashxis qo‘yilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolash muolajalari boshlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuborish imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud», dedi u AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Nurmat Otabekov kasallikning onadan homilaga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganini bildirgan.

«Mavjud tibbiyot adabiyotlarda koronavirus infeksiyasini onadan homilaga o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q», dedi u.

Kiritildi: 17:12 26.03.2020. O'qildi: 4844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!