Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda kartoshka narxi 1 oyda salkam 13 foizga oshdi

A A A
O‘zbekistonda kartoshka narxi 1 oyda salkam 13 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar oyi boshidan bugungi kungacha kartoshkaning ulgurji narxlari 6 200 so‘mdan 7 000 so‘mgacha yoki 12,9 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 3 yanvar holatiga ko‘ra, “Yangi Qo‘yliq” dehqon bozori — Food city savdo majmuasi hamda “Eski juva “Chorsu” dehqon bozori”da kartoshkaning ulgurji narxlari 3 500-6 200 so‘m bo‘lgan. Aynan shu bozorda kecha, 20 yanvar holatiga kartoshka ulgurji narxda 4 800-7 000 so‘mdan sotilmoqda.

Statistika agentligi taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 52,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 627 ming tonna kartoshka import qilingan.

Shu vaqt davomida eng ko‘p kartoshka Qozog‘istondan import qilingan (465,2 ming tonna). Mazkur raqamlarga ishonilsa, kartoshka narxining oshishi Qozog‘iston qo‘shni mamlakatlarga kartoshka eksportini to‘xtatgani ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 18 yanvardan qo‘shni Qozog‘iston 6 oy muddatga kartoshka eksportini to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan.
Qozog‘iston Hukumatining rasmiy Telegram-kanalida qo‘shni davlatlarda, ayniqsa, O‘zbekistonda kartoshkaga talab ortgani va eksport narxlarining yuqoriligi tufayli joriy yilda kartoshka eksporti 1,5 barobarga oshgani qayd etilgan. (https://t.me/KZgovernment/15085%C2%A0)

“Kartoshka eksporti 411 ming tonnadan 605 ming tonnaga yetdi. Bu kabi talab ajiotaji ichki bozorga ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi haftada eksport bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida narxlarning keskin o‘sishi qayd etildi (170 dan 270 tengegacha)”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 03:41 22.01.2025. O'qildi: 2607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!