Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda jurnalistlik faoliyatga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

O‘zbekistonda jurnalistlik faoliyatga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

Oliy Majlisning «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:

Quyidagi mazmundagi 197-5-modda bilan to‘ldiriladi:

197-5-modda. Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to‘sqinlik qilish.

Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to‘sqinlik qilish, jurnalistni axborotni tarqatish yoki tarqatishni rad qilishga majburlash, akkreditasiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditasiyani noo‘rin bekor qilish, jurnalistning so‘rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzish, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 13:04 14.01.2020. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!