Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda juda katta “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda juda katta “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanmoqda

Davlatimiz rahbari kambag‘allikka tushish sabablari har xil ekan, yechimi ham alohida-alohida bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

Hozirda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

Unda yettita imkoniyat va mas’uliyat tamoyili asosida O‘zbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.

Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.

Mutasaddilarga har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ulardagi “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatiladi.

Iqtisodiy kompleks – J.Qo‘chqorov tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bilan shug‘ullansa, ijtimoiy himoya – M.Olloyorov tizimi kimni reestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob berishi belgilandi.

Kiritildi: 17:18 11.09.2024. O'qildi: 1552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!