Ma’lumki, ayni kunlarda respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
⚠️ Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
❗️ Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.
📌 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ o‘z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, - deyiladi xabarda.