Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda ishlab chiqarishda halok bo‘layotganlar soni ortmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarishda halok bo‘layotganlar soni ortmoqda

O‘zbekiston Mehnat va bandlik vazirligi mehnat muhofazasiga rioya etilmasligi oqibatida mamlakatda baxtsiz hodisalar soni ortmoqda, deya bong urmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Jumladan, 2018 yil respublika bo‘yicha yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, shulardan 164 tasi o‘lim bilan tugagan, 364 tasi oqibati og‘ir va 26 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan.

Ushbu baxtsiz hodisalar oqibatida 183 nafar xodim halok bo‘lgan, 428 nafari og‘ir va 47 nafari yengil tan jarohati olgan.

Respublika bo‘yicha joriy yilning 5 oyi davomida ishlab chiqarishda 228 ta baxtsiz hodisalar yuz bergan, shulardan 61 tasi o‘lim bilan tugagan, 155 tasi oqibati og‘ir va 11 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan.

Tahliliy tekshiruvlar baxtsiz hodisalarda asosan ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi talablari bajarilmasligi; xodimlarning mehnat muhofazasi qonunchiligidan yetarlicha xabardor emasligi va shunga muvofiq o‘z haq-huquqlarini talab etmasligi; xodimlarning norasmiy ishlatilishi; mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga mablag‘ ajratilmasligi; xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tkazish, mehnat xavfsizligiga o‘qitish va bilimlarni tekshirgan holda ishga tayinlash tashkil etilmaganligi kabi omillar ta’siri mavjudligini ko‘rsatgan.

Bandlik va mehnat vazirligi ushbu qonunbuzarliklarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Xususan, joriy yilning o‘tgan davridagi qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 6118 ta yozma ko‘rsatmalar va 298 ta taqdimnomalar kiritildi, 7262 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4899,1 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 395543 ming so‘mlik ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Qolaversa, 2019 yilning 5 oyi davomida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan jami 7152 nafar fuqaro murojaatlari ko‘rib chiqilib, shundan 4168 ta murojaat qanoatlantirilgan va 2449 nafar fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklangan, 2830 nafar fuqaroga tegishli maslahat va tushuntirishlar berilgan, 447 nafar fuqaroning jami 2 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqlari tegishli tartibda undirilgan.

 

Kiritildi: 18:17 12.06.2019. O'qildi: 2449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!