Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi oktyabr oyida bozorga chiqariladi

A A A
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi oktyabr oyida bozorga chiqariladi

Jurabek Laboratories farmasevtika kompaniyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga marketing va sotish bo‘limi boshlig‘i Aziz Soipov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, dori oktyabr oyida ichki bozorga chiqadi. Uning aniqlik kiritishicha, vaksinaning namunalari Rossiyaning Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markaziga hamda mahalliy Ekspertiza va standartlashtirish davlat markaziga yuborilgan.

«Vaksinani quyish allaqachon boshlangan. Biz har bir seriyani tekshiruvdan o‘tkazish uchun Rossiyaga yuboramiz. Tahlillar taxminan uch hafta davom etadi. Rossiyada va [mahalliy] davlat markazi laboratoriyasida parallel nazorat mavjud», — dedi Aziz Soipov.

Kiritildi: 20:35 14.09.2021. O'qildi: 2513 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!