Bugun 6 dekabr, 2019 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘rlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘rlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etgan fuqarolarni qanday jazo kutishi eslatib o‘tdi.

Bu kabi holatlar mamlakatda bot-bot quloqqa chalinib turadi. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, kuni kecha Jizzax viloyatida fuqaro YXHB xodimining pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazdi. Surxondaryoda esa ikkovlon MIB xodimlarini do‘pposlab, xizmat faoliyatini bajarishdan voz kechishga majbur qildi. Bunday holat Andijonda ham kuzatildi. Fuqaro davlat inspektorini boshiga urib, tan jarohati etkazdi. Yuqorida sanab o‘tganlarimiz hammasi emas.

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan:

- qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Kiritildi: 17:33 12.07.2019. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!