3-7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, O‘zbekiston hududida harorat yanada ko‘tarilishi kutilmoqda: deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 7-10° ga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.