O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo harorati yana pasayishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, 26–27 sentyabr kunlari respublika hududining katta qismida havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Osmon biroz bulutli va ayrim vaqtlarda o‘zgaruvchan bo‘lishi prognoz qilingan.
Juma kuni mamlakatning ko‘plab hududlarida kunduzgi harorat 26-30 daraja atrofida saqlanadi. Janubda esa havo 31-33 darajagacha isishi mumkin.
Shanba va yakshanba kunlari sovish jarayoni davom etadi. Kunduzgi harorat aksariyat hududlarda 22-25 darajagacha, janubda esa 27-30 darajagacha pasayadi. Tunda 9-14 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. 26–27 sentyabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarda uning tezligi ayrim joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zon ham kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkentda juma kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Dam olish kunlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Poytaxtda kechalari harorat 11-14 daraja atrofida bo‘ladi. 25 sentyabr kuni kunduzi 26-28 daraja issiq bo‘lsa, shanba va yakshanbada harorat asta-sekin 23-25 darajagacha tushadi.