Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin

A A A
O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin

Eksport 21 ta tumanda o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, bu tumanlarda 80 ming gektar paxta va g‘alla ekilmaydigan maydon, yana 55 ming gektar tomorqa yeri bor.

Ushbu 21 ta tuman hokimiga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu borada o‘zgarish qilish bo‘yicha aniq rejalarni tuzish topshirildi.

“Mahsulotlarimiz sifatli va shirin bo‘lgani uchun tashqi bozorlarda “O‘zbekistonda yetishtirilgan” brendi shakllangan”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Lekin, ayrim “chaqqon” savdogarlar hammadan oldin qimmatroq sotishni ko‘zlab, xom mevani eksportga chiqarayotgani tanqid qilindi. Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna O‘zbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.

Natijada O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 14:25 30.07.2025. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!