Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda yetishtirilgan achchiq qalampirga xaridor topildi

A A A
O‘zbekistonda yetishtirilgan achchiq qalampirga xaridor topildi

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Turkiya kompaniyalaridan biri bilan imzolangan bitim doirasida ushbu mamlakatga umumiy qiymati 49 mln. AQSh dollarilik 35 ming tonna quritilgan achchiq qalampir yetkazib beradi.

Bu haqda xolding boshqaruvi raisi Tohirjon Jalilov ma’lum qilgan.

Bundan oldin kompaniya 45,9 mln. dollarlik 40,3 ming tonna qalampirni Rossiya va Xitoyga yetkazib berishga doir kelishuvga erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, xolding tomonidan Hindiston, Indoneziya va Janubiy Koreyadan 15,6 ming gektar maydonga ekish uchun 15,6 ming tonna qalampir urug‘i sotib olingandi. Bir gektar maydondan 15-20 tonnagacha hosil olish mumkin. Bir kilogramm quritilgan mahsulot olish uchun 4-5 kg. sarxil garmdori zarur bo‘ladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston umumiy qiymati 617,5 mln. dollarga teng 762,6 tonna sarxil mahsulotni eksport qilishni rejalashtirgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz 2018 yil to‘qqiz oyida hammasi bo‘lib 7,4 mln. dollarlik qalampiri xorijga sotgan.

T. Jalilovning aytishicha, yurtimiz gilos, o‘rik, loviya kabi yetti turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi beshta davlat qatorida turadi.

Kiritildi: 14:52 27.11.2018. O'qildi: 1711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!