Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda endi Umra firmalari balansiga 1.000.000$ qo‘yibgina faoliyat ko‘rsata oladi

O‘zbekistonda endi Umra firmalari balansiga 1.000.000$ qo‘yibgina faoliyat ko‘rsata oladi

O‘zbekistonda «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 12.10.2024 yildagi 668-son Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohada lisenziya beruvchi organ sifatida belgilandi.

Quyida lisenziya uchun talab etilgan ba’zi shartlar:

⭕️ Voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik;

⭕️ 1.000.000 AQSh dollari miqdordagi mablag‘ni «Ziyorat» jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish;

⭕️ Ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;

⭕️ «Umra» xizmatini uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmaslik;

Shuningdek, «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun lisenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan.

Kiritildi: 18:12 15.10.2024. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!