Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda endi mahkumlar saylovlarda ishtirok etadi

O‘zbekistonda endi mahkumlar saylovlarda ishtirok etadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-948-son, 28.08.2024 y.) bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

⚡️ Unga ko‘ra, mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlandi.

✅ Shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda.

📌Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 16:35 28.08.2024. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!