Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda endi jazoni ijro etish muassasalari bilan hamkorlikda pilla xomashyosi yetishtiriladi

A A A
O‘zbekistonda endi jazoni ijro etish muassasalari bilan hamkorlikda pilla xomashyosi yetishtiriladi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 fevraldagi «Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida joriy yilgi bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab, tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, memorandum doirasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni qo‘lda ipak va jun gilam hamda ipak mato to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash va ularga shartnoma asosida dastgohlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Shuningdek, pillachilik korxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari o‘rtasida pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 14:01 30.03.2023. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!