Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda dunyodagi ilk tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda dunyodagi ilk tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi

“Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari o‘zaro hamkorligidagi Innovasiyaviy usulda tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan himoyalangan qog‘ozlarni tayyorlash bo‘yicha izlanishlariga patent berildi.

Mazkur ixtiro tufayli himoya elementlari tarkibiga tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qimmatbaho qog‘ozni boshqa turdagi qog‘ozlardan ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi va so‘ngra unga fluoressent eritmasi shimdiriladi.

Ultra binafsha nurlar bilan yoritilganda ipak oqsili kuchaytirilgan to‘q rangga kiradi va shu yo‘sinda qog‘oz qalbakilashtirishdan himoyalanadi. Bir xil qalinlikdagi tabiiy ipakning qog‘oz tarkibiga qo‘shilishi natijasida uning mustahkamligi bir necha baravar oshadi.

Qayd etish lozimki, mazkur ixtiro – ipak tolasi qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda banknotlar, himoyalangan hujjatlar va qog‘ozlar ishlab chiqarishda peshqadam hisoblangan xorijiy kompaniyalar mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Banknotlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqildi.

Kiritildi: 12:22 30.05.2023. O'qildi: 1501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!