Saida Mirziyoyeva «The Walt Disney Company» kompaniyasining vise-prezidenti, «Emmi» mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Maqsad — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish.
Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda «Disney»ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirildi.
Xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan «Cinema Park» kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan «Disneyland» tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.