Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

A A A
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda prezidentining «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

«Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (SH.Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH.Kudbiyev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) bilan birgalikda maxsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin», deyiladi qarorning 21-bandida.

Qayd qilish joizki, O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ikkinchi marta urinilmoqda.

Kiritildi: 22:49 07.04.2023. O'qildi: 3226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!