Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi bor?

O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi bor?

Ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha iste’molchilarning debitor qarzdorliklari 794 mlrd so‘mni (aholi 577,5 mlrd so‘m, yuridik iste’molchilar 216,6 mlrd so‘m) tashkil etdi.

“O‘zsuvta’minot” ma’lum qilishicha, 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining ta’minot darajasi 81,5 foizga yetdi.

2025 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida 1 iyul holatiga 544 km ichimlik, 148 km oqova suv tarmoqlari va 35 ta ichimlik, 7 ta oqova suv inshootlarni qurildi.

Aholi orasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda tariflarni qayta ko‘rib chiqilishi natijasida suv hisoblagichlari bilan ta’minlangan iste’molchilar soni 248,9 mingtaga yoki 6 foizga oshirilib, natijada iste’molchilarning suv hisoblagichlari bilan ta’minlanganlik darajasi 82 foizga yetkazildi.

2025 yilning 1-yarim yilligida tizimlarda aniqlangan 4 935 ta nosozlik bartaraf etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 10 foizga yoki 362 taga kamaytirilishiga erishildi.

Kiritildi: 23:55 13.07.2025. O'qildi: 1022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!