Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda 9 oy ichida sodir bo‘lgan YTHlarda qancha odam halok bo‘ldi?

O‘zbekistonda 9 oy ichida sodir bo‘lgan YTHlarda qancha odam halok bo‘ldi?

O‘zbekistonda 2020 yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha 4294 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. IIV YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, YTHlar soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 510 taga kamaygan (o‘tgan yil yanvar—sentyabr oylarida 4804 ta YTH sodir bo‘lgan).

2019 yilning yanvar—sentyabr oylarida oqibati o‘lim bilan tugagan 1398 ta YTH yuz bergan bo‘lsa, 2020 yilning hisobot davrida bu ko‘rsatkich 1293 tani tashkil qildi. 2020 yilda jarohat olganlar soni esa — 3886 nafar.

YTHlarning 1919 tasi piyodalar, 728 tasi bolalar, 579 tasi velosipedchilar, 77 tasi motosiklchilar, 146 tasi taksi haydovchilari bilan sodir bo‘lgan. 17,8 foiz holatda avariyalar piyodalarning ko‘chani noto‘g‘ri joyidan kesib o‘tishi oqibatida yuz bergan.

O‘zbekistonda 9 oy ichida sodir bo‘lgan YTHlarda qancha odam halok bo‘ldi?

Foto: YHXBB axborot xizmati

Shuningdek, YTHlarning 15,5 foizi belgilangan tezlik rejimiga rioya qilmaslik, 6,3 foizi velosipedchilarning yo‘l qatnov qismida harakatlanishi, 6,2 foizi haydovchi rulda uxlab qolishi, 1,7 foizi esa mast holda rulga o‘tirish oqibatida kelib chiqqan.

O‘tgan davr mobaynida yo‘l harakati bo‘yicha jami 3,9 milliondan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. Ularning 2,1 milliondan ortig‘i qo‘pol qoidabuzarliklar sirasiga kirsa, 565,5 mingi xavfsizlik kamarini taqmaslik holati bo‘yicha qayd etilgan.

O‘zbekistonda 9 oy ichida sodir bo‘lgan YTHlarda qancha odam halok bo‘ldi?

Foto: YHXBB axborot xizmati

Kiritildi: 16:40 14.10.2020. O'qildi: 2328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!