Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda 3 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

A A A
O‘zbekistonda 3 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

O‘zbekistonda joriy yil boshidan beri 3 ming gektardan ortiq yerlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil boshidan 1 avgustga qadar o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar 9 122 ta holatda 3 ming gektardan ortiqni tashkil etgan. Shundan qonun buzilishi holatini ixtiyoriy bartaraf etganlar soni 4235 taga etgan.

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga kiritilgan da’vo arizalari soni 2 538 ta, qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan holatlar 498 ta, sudning hal qiluv qarori qabul qilinganlar 591 ta va sud jarayoni davom etayot holatlar soni 1915 ta”, — deya xabar qilgan agentlik.

2022 yilda respublika bo‘yicha yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 18 597 ta (6 307 gektar) holat aniqlangandi. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi Yer kodeksining 91-moddasida belgilab qo‘yilgan.

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi”,— deya ogohlantirgan agentlik.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Kiritildi: 10:07 09.08.2023. O'qildi: 2253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!