Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda 21 million gektardan ortiq yaylovlar raqamlashtiriladi

A A A
O‘zbekistonda 21 million gektardan ortiq yaylovlar raqamlashtiriladi


2024–2028 yillarda O‘zbekistonda 21 million gektardan ortiq yaylov va pichanzorlar inventarizasiyadan o‘tkazilib, elektron xaritalar ishlab chiqiladi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Bu haqda hukumatning joriy yil 12 martdagi qarorida aytilgan. Hujjat yaylovlar va yer osti suvlarini muhofaza qilish, shuningdek, yaylovlarning degradasiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Buning uchun Yaylovlar va yer osti suvlarini muhofaza qilish Strategiyasi tayyorlanadi, tegishli dastur va ishchi guruh tarkibi tasdiqlanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturning yo‘nalishlaridan:

yaylovlardan samarali foydalanishning tashkiliy-uslubiy asoslarini takomillashtirish;

yaylovlar va yer osti suvlarini muhofaza qilish strategiyasini amalga oshirish;

yaylovlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish;

er osti suvlarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish.

Eslatib o‘tamiz, Prezident topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekistonda ham qariyb ikki million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari raqamlashtiriladi.

Kiritildi: 21:08 15.03.2024. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!