O‘zbekistonda 2030 yilgacha iqtisodiyot hajmi 2 barobar oshiriladi va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kiradi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra:
➖YAIM hajmi 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlar 4 ming dollarga etkaziladi.
➖Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanish energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan o‘zaro bog‘liqligi ta’minlangan holda, YAIMning o‘rtacha yillik 6-7 foiz darajasida o‘sish sur’ati saqlanadi.
➖Tovarlar va xizmatlar bozori muvozanatini ta’minlash orqali yillik inflyasiya darajasi 5-6 foizdan oshmasligi ta’minlanadi.
➖Iqtisodiyotda transformasiya va institusional islohotlar izchil davom ettiriladi, mamlakatda qulay investision va ishbilarmon muhit ta’minlanadi hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosati amalga oshiriladi.
➖Davlat qarzining YAIMga nisbati 50 foizdan oshmasligi uchun o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasi amalga oshiriladi.
➖Iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalarning ulushi keskin oshiriladi, iqtisodiy o‘sishning yangi “drayver”lari ishga solinadi.