Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 173 kishi ozodlikdan mahrum etildi

O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 173 kishi ozodlikdan mahrum etildi

O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 3 321 nafar shaxs sudlangan. Ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

2025 yilning I-choragi mobaynida ushbu modda bilan 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 718 nafar fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.

Kiritildi: 18:57 25.04.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!