Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda 11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish to‘xtatiladi

Bu haqda IDP test markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 10 iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11 iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.

“British Council” esa hozircha bu haqda e’lon qilmagan. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tish yopib qo‘yilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami “tarqalib ketgani“ va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7 iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.

Kiritildi: 15:55 08.07.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!