O‘zbekiston yoshlar (U20) terma jamoasi kecha Urugvayga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Janubiy amerikaliklar birinchi bo‘limda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 62-daqiqada esa Saidnurullayev hisobni qisqartirdi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Urugvay uchinchi golni urib, bahs taqdirini hal qildi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda durang qayd etilgandi. Shu tariqa, yoshlarimz Janubiy Amerika safari davomida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 2 durang va ikki mag‘lubiyat qayd etdi.
U20 o‘rtoqlik o‘yini
Urugvay - O‘zbekiston - 3:1
Gollar: Mederos 21ʼ, Ramos 45+1ʼ, Saidnurullayev 62ʼ, Da Silva 85ʼ.