Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
2021 yil 25 may kungi davlatimiz rahbarining maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib keldi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ta’lim va tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, o‘quv samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).