Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Ikromjonov ustaxonasiga tashrif

A A A
O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Ikromjonov ustaxonasiga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida 2019 yil oktyabr oyida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi”ga binoan rejalashtirilgan “Rassom ustaxonasiga tashrif” loyihasi doirasida Toshkent davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalaridan iborat jamoa rassom ustaxonasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda universitet matbuot xizmati.

Universitetning Texnologik ta’lim fakulteti Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri R.SH.Xalilov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar 2019 yil 7 noyabr kuni O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zBA xaqiqiy a’zosi, Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI professori Akmal Ikromjonov To‘rayevich ustaxonasiga tashrif buyurdi. Ustaxonaga tashrif doirasida rassomning ijodiy ishlari va ijodiy muhit talabalarda iliq taassurot qoldirdi. Suhbat davomida talabalar rassom ijodiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bunday ijodiy uchrashuvlarning bo‘lib turishi talabalar uchun foydali ma’lumotlar, ma’naviy ozuqa va ijodiy kayfiyat beradi.

 

Kiritildi: 12:51 13.11.2019. O'qildi: 3846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!