Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston xalq artistining ahvoli og‘ir

O‘zbekiston xalq artistining ahvoli og‘ir

Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning Qo‘qonda filmga tushayotgan vaqtida to‘satdan tobi qochib qolgandi.

Bemorni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev ko‘rikdan o‘tkazib, operasiya amaliyotini amalga oshirgan. Operasiya juda murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soat davom etgan. Bu haqda O‘zA axborot berdi.

Aniq berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, P.Saidqosimovning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Hozirda bemor Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazining jonlantirish bo‘limida yotibdi. Malakali shifokorlar uning hayoti bilan kurashmoqda.

Kiritildi: 17:30 17.01.2019. O'qildi: 5156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!