Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

A A A
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10 aprel kuni vafot etdi. Bu haqda uning qizi Muqaddas Sa’dullayeva ma’lum qildi.

Aktyor bir necha kun avval shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda joylashtirilgan, keyinroq esa komaga tushib qolgan edi.

O‘zbekiston xalq artisti, 1940 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963 – 2007 yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida ijod qilib kelmoqda. Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esdaqolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir.

Lutfulla Sa’dullayev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan «Qismat», «O‘kinch», «Meni kechir» nomli kitoblarini nashrdan chiqargan.

Kiritildi: 14:29 10.04.2022. O'qildi: 12721 marta. Fikrlar soni: 26 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!