Vengriya O‘zbekistondan 500 ming dona tibbiy niqob oldi. Bu haqda Vengriya hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
Niqoblar Boku shahriga yetkazilgan bo‘lib, ularni olib kelish uchun Budapeshtdan Bokuga samolyot uchib kelgan.
Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan videokonferensiyada Vengriya hukumati nomidan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishda ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun O‘zbekistonga alohida minnatdorchilik bildirdi.Siyyarto, shuningdek, Vengriya o‘zbekistonlik talabalar uchuvn mamlakat oliygohlaridagi stipendiya o‘rinlarini 30 tadan 100 taga oshirganini qayd etdi.