Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston vakili SHHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston vakili SHHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston vakili Botir Tursunov 1 yanvar kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.

2005 yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Pekindagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

2023 yildan O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi-vakili, SHHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil.

Falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.

Kiritildi: 09:40 05.01.2025. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!