Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari hamkorlik dasturini imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va XXR tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Sin Gan Sian shahrida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.

«O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, ikki davlat tashqi siyosat idoralari barcha sohalarda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi faol va jadal almashinuvlarni rag‘batlantirish tarafdoridir.

Bundan oldin Xitoy o‘zbekistonliklarning mamlakatga kirish tartibini soddalashtirmoqchi ekani xabar qilingandi. Bu haqda O‘zbekiston va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda aytilgan.

«Tomonlar 2019 yilda Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida ishbilarmon doiralar vakillari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida imzolangan bitim ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy hamkorlik uchun keng istiqbollarni ochib berganini ta’kidladilar.

XXR Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga 10 kunlik vizasiz kirish rejimi bo‘yicha siyosatni yuqori baholaydi va O‘zbekiston fuqarolarining Xitoyga kirishini osonlashtirish choralarini ko‘rishga tayyor», — deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 09:34 23.05.2023. O'qildi: 1349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!