Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Xitoy ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

O‘zbekiston va Xitoy ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

18 iyun kuni Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Biznes-forumda 200 ga yaqin O‘zbekiston va Xitoyning turizm sektori vakillari, jumladan, 16 iyun kuni Sian shahridan Samarqandga “LoongAir” aviakompaniyasining birinchi muntazam parvozi orqali uchib kelgan soha vakillari ham ishtirok etishdi.

“Joriy yilning sentyabr oyidan “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili”ga start beramiz. Bir yil davomida Xitoylik sayyohlarni O‘zbekiston turizmi, boy madaniyati, merosi, qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiramiz. Umuman olganda Xitoydan sayyohlarni bosqichma-bosqich 1 millionga chiqarishni pirovard maqsad qilib olganmiz” – deb ta’kidladi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.

O‘zbekiston va Xitoy tomonlari vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holatini muhokama qildilar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandilar.

Kiritildi: 12:03 20.06.2024. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!