Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said “Al-A’lam” saroyida uchrashuv o‘tkazdilar.
O‘mon Sultoni davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, mazkur tashrif ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.
Prezidentimiz yuksak ehtirom va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etib, tashrif o‘zaro munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanib, siyosiy muloqot mustahkamlanayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil kengayib borayotgani qayd etildi.