Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Tojikiston viloyatlari qator sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi

A A A
O‘zbekiston va Tojikiston viloyatlari qator sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekistonning Namangan hamda Tojikistonning So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi, deya xabar berdi Namangan viloyat hokimligi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligidagi delegasiya Tojikiston viloyatining So‘g‘d viloyatida bo‘lib turibdi.

So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda hamda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov o‘rtasi bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda yo‘l xaritasi imzolandi. Hujjat ikki viloyatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, turizm, madaniyat va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Delegasiya 30 dan ortiq turli soha vakillaridan iborat bo‘lib, ular So‘g‘d viloyati bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar, shuningdek, “Savdo va investisiya imkoniyatlari - hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishmoqda.

Kiritildi: 15:14 23.06.2023. O'qildi: 1789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!