Bu haqida Dushanbeda ikki davlat bosh vazirlari Kohir Rasulzoda va Abdulla Aripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishida kelishib olindi.
Tashrif doirasida Abdulla Aripovni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qabul qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2025 yilda o‘zaro savdo 718 mln dollarga yetgan. Bu 2024 yilga nisbatan 22,5 foizga ko‘p.