Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:
▫️diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida;
▫️ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
▫️transport va logistika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
▫️"aqlli" shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
▫️standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
▫️suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
▫️turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar.