Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

A A A
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9 avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, O‘zbekiston-Rossiya hududlar, ta’lim va media forumlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Kiritildi: 22:06 09.08.2023. O'qildi: 1724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!