Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida birinchi “Ipak yo‘li” temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida birinchi “Ipak yo‘li” temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Kazinfrom agentligi QR Turizm va sport vazirligiga tayanib xabar berdi.

4 kunlik xalqaro temir yo‘l sayohati turistlarga qadimiy shaharlar atmosferasiga sho‘ng‘ish va Buyuk Ipak yo‘li izidan sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘nalish Turkiston va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini o‘z ichiga oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gidlar yordami, ovqatlanish, transport xizmatlari va kirish chiptalari kiradi.

Birgalikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida biz ikki davlatni bog‘laydigan noyob poyezdlar sayohatini yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Boy ma’naviy-tarixiy merosni o‘rganishni xohlovchi fuqarolarimiz va boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun sayohat yanada qulay va hamyonbop bo‘ladi. Bu Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi”, - dedi QR Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Yerjan Yerkinbayev.

Sayohatchilar Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – muhim savdo tarmog‘i bo‘lgan O‘trorni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Sayohat dasturidan Ariston bobo maqbarasi, “Hazrat Sulton” tarixiy-madaniy qo‘riq-muzeyi, Markaziy Osiyodagi eng yirik “Karvonsaroy” sayyohlik majmuasiga tashrif buyurish ham o‘rin olgan.

Toshkentda ekskursiya ishtirokchilariga nafaqat tarixiy joylar, balki shaharning zamonaviy taraqqiyoti bilan ham yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Kiritildi: 18:15 14.11.2024. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!