Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston O‘monni mag‘lub eta olmadi

O‘zbekiston O‘monni mag‘lub eta olmadi

O‘zbekiston milliy jamoasi CAFA Nations Cup-2025 A guruhi 1-turida O‘mon bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

4-daqiqadayoq o‘monliklar vakili Al Ravani jarima maydonimizdagi pala-partishlikdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 55-daqiqada vakillarimizdan Hojimat Erkinov muvozanatni tikladi - 1:1. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Guruhimizdagi boshqa o‘yinda Qirg‘iz Respublikasi Turkmaniston bilan durang o‘ynadi (1:1).

O‘zbekiston ikkinchi turda Turkmaniston bilan o‘ynaydi (2 sentyabr). O‘mon Qirg‘iz Respublikasi bilan to‘qnash kelai (2 sentyabr).

Kiritildi: 21:49 30.08.2025. O'qildi: 3306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!