Bugun 12 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Fransiya klubini tor-mor etdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Fransiya klubini tor-mor etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Fransiyaning Nisa shahrida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.

15 iyul kuni Timur Kapadze shogirdlari Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi rejalashtirilgandi. Biroq raqib mazkur o‘yinda ishtirok etolmasligini ma’lum qilgan.

O‘FA tezkorlik bilan mazkur sana uchun raqib topish ustida ish olib bordi va Fransiyaning “Reysing Grass” jamoasi bilan kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Reysing Grass” jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida yirik, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoaning gollariga Oston O‘runov, Umarali Rahmonaliyev, Muhammadqodir Hamraliyev hamda Alisher Odilov (dubl) mualliflik qilgan.

Uchrashuvdagi tarkiblar borasida esa O‘FA ma’lumot bermadi.

Kiritildi: 06:26 16.07.2024. O'qildi: 1197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!