Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston U-17 bugun Rossiyada SSKA U-17 jamoasiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Bellashuv 1:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda Abubakir Shukurullayev tomonidan 40-daqiqada kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi.