Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Fransiyaning «IFTM-Top Resa» ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Fransiyaning «IFTM-Top Resa» ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Fransiyaning «IFTM-Top Resa» ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Parij shahrida 17 sentyabr kuni o‘z ishini boshlagan «IFTM-Top Resa» xalqaro turistik ko‘rgazmada ishtirok etmoqda. Delegasiya tarkibidan «Uzbekistan airways» AJ va o‘nlab yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma doirasida milliy madaniy an’analar uslubida tashkil etilgan O‘zbekiston pavilonida mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijda keng ommalashtirish va ishtirokchi davlatlaridan turistlar oqimini yanada kengaytirish maqsadida milliy kompaniyalarimiz tomonidan yangi yo‘nalishlar va turpaketlardan iborat mahsulotlari keng namoyish qilindi. Delegasiya vakillari ishtirokida potensial hamkorlar bilan 200 dan ortiq G2B va B2B uchrashuvlar o‘tkazildi va aniq uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.

Tadbirda 50dan ortiq xorijiy davlatlar turizm vazirlari va 170ga yaqin mamlakatdan mingdan ortiq turistik kompaniyalar qatnashmoqda.

Ko‘rgazma ochilishiga bag‘ishlangan bu yilgi qabul marosimiga O‘zbekiston Respublikasi hammezbonlik qildi. O‘zbekiston tomoni ishtirokchilarga oxirgi yillarda mamlakatimizda Prezident SH.M.Mirziyoyev boshchiligida turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Sohadagi oxirgi qarorlar, erishilgan yutuqlar va qo‘yilgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Marosimda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyatini targ‘ib qiladigan foto va videomateriallar, turli qo‘llanmalar hamda milliy cholg‘u asboblari kuylari ostida mamlakatimiz raqs durdonalari namoyon etildi. So‘zga chiqqan «IFTM-Top Resa» direktori Lourens Gabore va Fransiya Sayohat agentliklari uyushmasi prezidenti Valeri Boned O‘zbekiston tomoniga ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatlaganligi va ajoyib madaniy dasturni tashkil etganligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Ta’kidlanishicha, bu nufuzli tadbir ayniqsa Yevropa davlatlarida O‘zbekistonni ustuvor turizm yo‘nalishi sifatida yoritish va turizm oqimlarini ko‘paytirish uchun yangi platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazma 19 sentyabrgacha o‘z ishini davom ettiradi.

Kiritildi: 17:08 18.09.2024. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!