Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Qozog‘iston chempionatida mavsum oxirigacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Qozog‘iston chempionatida mavsum oxirigacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin

"Ordabasi" futbolchisi Jasurbek Yaxshiboyev uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinishi mumkin, deb xabar berdi Meta-ratings.kz nashri.

Chimkentliklarning eng yaxshi to‘purari "Tobol"ga qarshi o‘yin yakunida bosh hakam Georgiy Chexovskiyni turtib yubordi.

Hakam hech ikkilanmay Yaxshiboyevga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Endi KFF Nazorat-intizom qo‘mitasi keyingi yig‘ilishda ushbu voqeani ko‘rib chiqadi. "Ordabasi" o‘yinchisi uchdan besh o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Yaxshiboyev uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi joriy mavsumda KPLda 9 ta gol urdi. "Ordabasi" 21 turdan keyin 39 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!