Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan yana biri Eronga yo‘l olmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan yana biri Eronga yo‘l olmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin.

"Al Fayha" bilan shartnomasi yakuniga yetgan tajribali xavbekka "Persepolis" qiziqmoqda. Bosh murabbiy Vohid Hoshimyanning shaxsan o‘zi uni jamoada ko‘rmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Persepolis" ayni paytda o‘zbekistonlik yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Transfermarkt portali 29 yoshli Shukurovni 1,8 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Persepolis"da O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Oston O‘runov to‘p tepadi.

Kiritildi: 22:44 16.07.2025. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!