Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vafot etdi (FOTO)

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vafot etdi (FOTO)

Namangan viloyati sport jamoatchiligi og‘ir judolikka uchradi. Butun umrini sportga bag‘ishlagan mahoratli murabbiy va fidoyi inson - suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, viloyat suv sportiga ixtisoslashtirilgan BO‘SM direktori Ravil Shamilovich Vishnyakov og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vafot etdi (FOTO)

Ravil Shamilovich nafaqat, viloyatimiz, balki butun Respublikamizda suv sporti turlarini ommalashtirish va rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shdi. Namangan shahridagi 23-sonli Olimpiya zaxiralariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, keyinchalik Suv sporti turlariga ixtisolashtirilgan BO‘SMga rahbarlik qildi. Yosh avlodni jismonan sog‘lom, ruhan tetik, aqlan barkamol qilib tarbiyalash ishlarida alohida tashabbus va namuna ko‘rsatdi.

Ravil Vishnyakov boshchiligida namanganlik yosh, iqtidorli sportchilar xalqaro maydonlarda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Xususan, vaterpol bo‘yicha Namangan viloyati terma jamoasi Malayziyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lganligini eslab o‘tish joiz.

Vishnyakov Ravil Shamilovichning oilasi va mehnat jamoasiga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Kiritildi: 06:46 16.09.2021. O'qildi: 14195 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!